Pokistondagi Sayyidlar Sulolasi

Yaqinda Pokistonning Islomobod shahrida  istiqomat  qiluvchi   mashhur    oila vakillari “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyati bilan aloqaga chiqib qizg’in suhbatlar uyushtirishdi. Bir necha kun davom etgan suhbatlar asnosida mazkur oila vakillari  o’zlarini   Hazrat  Husayin (r.a)   avlodidan   bo’lmish Hasan Al Askarining zurriyotlari ekanliklari haqida so’zlab berishdi.

Shuningdek bu xonadon vakillari aslida Pokiston tomonlarga O’zbekistonning Termiz viloyatidan kelib o’rnashganlari, hamda taxminan 600 yil avval hijriy 868 yilda  yashab o’tgan Sayyid Xayriddin Miron Termiziyning avlodlari ekanliklari haqida bizga so’zlab berdilar.  Suhbatlarimiz  davomida ular jamiyatimizga bir qancha asl shajara namunalarini ham taqdim qilishdi. O’z navbatida ular jamiyatimizdan ushbu ajdod silsilasi haqida ham o’rganib berishimizni iltimos qilishdi. Darhaqiat bundan avval ham sahifamizda Hasan Askariy avlodlari shajarasi ham yoritilgan edi.  Albatta bu safargi ma’lumotlar ham jamiyatimiz mutaxassislari uchun katta yangilik bo’ldi deb hisoblasak adashmaymiz. Bu sababli diyorimizdagi yana bir ulug’ shaxs haqida o’rganish fursati keldi. O’z o’rnida shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, Turkiston zamini Sayyidlar sulolasini jahonga yoyilishida ulkan  hissasini qo’shganini ham bilib olishimiz mumkin.

Hozirda ushbu sulola vakillari biz bilan yaqin hamkorliklarini davom ettirmoqdalar. Shuningdek jamiyatimizga o’nga yaqin shajaralarni taqdim qilishgan. Siz azizlarga tez kunlarda  mazkur shajaralarni ilmiy izlanishlar samarasi o’laroq yetkazishga azm qildik. Shuningdek bu noyob ma’lumotlarga qiziquvchi barchani hamkorlikka chorlab qolamiz.

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyatining O’rta Osiyo mintaqasi bo’yicha rahbari,  

Sardorxon Jahongir.