مرکز تحقیقات انساب سادات پاکستان

Pokiston Sayyidlari Tadqiqot Markazi

Turkiston Sayyidlari va Eshonlari Jamiyatining hamkori hisoblangan Pokiston Sayyidlari tadqiqot markazi rahbariyati yaqindagina bizga internet orqali ushbu shajarani yo’lladi. Shajaraga jamiyatimiz tomonidan katta qiziqish bilan o’rganish ishlari boshlanib ketdi. Mazkur shajara insoniyat ibtidosi va ilk bashar Odam Ato (a.s) bilan boshlanib, Husayin (r.a)ning sulolasidan bo’lmish,  Muso Kozim avlodlarigacha bayon qilingan. Shajara o’zining boshqa tarixiy manbalar bilan mutanosibligi bilan ham diqqatga sazovardir. Jamiyatimiz yaqin kunlarda shajaraning tahliliy bayoni bilan Siz azizlarni xabardor qiladi degan umidda.