Abul Hasan Xaraqoniy 3-xalqaro simpoziumiga taklif

    Ma’lum bo’lishicha, Turkiyaning

 Kars viloyatida shu yili 27-29 oktabr kunlari bo’lib o’tadigan “Abul Hasan Xaraqoniy” 3-xalqaro simpoziumi rejalashtirilgan. Simpoziumga dunyonoing turli mamlakatlaridan, jumladan Saudiya Arabistoni, Jazoir, Eron, Ozarbayjon, Misr, Makedoniya, Bolgariya, Germanya va shu kabi turli davlatlardan olimlar va tadqiqotchilar qatnashishi kutilmoqda. Ma’lumki, Abul Hasan Xaraqoniy turk diyoriga Eronning Bistom mintaqasidan kelib joylashgan. Uning ilmu fan va tasavvuf yo’lida qilgan ulug’vor ishlari butun dunyoga dong’i ketgan. Bunday ulkan bir anjumanga “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyati nomidan jamiyat raisi Sardorxon Jahongirning ham taklif etilib, qatnashishi barchamizni quvontirdi.

Jamiyat rahbarimiz o’z chiqishida “Xaraqoniyning Yassaviylik yo’liga ta’siri” mavzusida nutq so’zlaydi. Hamda ma’ruza so’nggida “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” Jamiyati xazinasida saqlanayotgan, Abul Hasan Xaraqoniyning nomi zikr etilgan shajara taqdimotini qilib berishi nazarda tutilmoqda. Voqealar rivojini saytimiz orqali kuzatib boring.

Simpozium haqida batafsil ma’lumotni quyidagi link orqali o’rganishingiz mumkin.

http://www.harakanisempozyumu.com/