Biz Haqimizda

“TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” JAMIYATI
SHAJARALARNI TADQIQ QILISH VA TASDIQLASH MARKAZI


“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida 2005 yil, islomshunos olim Muhammadxon Jahongirov Sirojiddinxon o’g’li hamda tilshunos, islomshunos Sardorxon Jahongirov Abulqosimxon o’g’li tomonidan g’oyalashtirilgan. Shu kungacha mazkur mutaxassislar shajaralar borasida bir qancha izlanishlar olib borganlar. Izlanishlarning boshlang’ichi o’laroq ular o’zlarida saqlanib kelgan shajaralarni tadqiq qilish bilan boshlaganlar. Hozirda mazkur shajaralar tadqiqoti to’liq qilib yakunlagan.

Jamiyat ta’sischilarining asosiy g’oyalari esa, yurtdoshlarimizda saqlanayotgan qadimgi qo’lyozmalar, shajaralar va hujjatlarni manba sifatida o’rganish, hozirgi o’zbek tiliga tarjima qilish, aholiga shajaralarni tiklash va yangi shajaralarni tuzishda amaliy yordam berish, manbalardagi shaxslar hayoti haqida batafsil o’rganib chiqib, ma’lumot berish, ulardagi muhrlar va abjad hisobidagi sanalarni o’rganib tadqiq qilish, ajdodlar shajarasini o’rganish, jumladan uning kimlarga borib taqalishini aniqlash, uning davomchilarini izlash, tahlil va tahrir ishlarini olib boorish va tasdiqlashdan iborat.

Mazkur jamiyat shajaralarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan xorijdagi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatgan. Jumladan uning asosiy shubasi hozirda Turkiya Respublikasida “Türkistan Seyyidler ve Şerifler derneği” ya’ni “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati nomi bilan rasmiy ro’yxatdan o’tgan. Mazkur jamiyat o’zining nizomi, muhri, rasmiy websayti hamda shajarlarni tasdiqlanganlik haqida beriladigan sertifikatlariga ega. Jamiyat tashkilot muassislaridan biri hisoblangan Turkiya respublikasi Kars shahri Kavkaz universiteti Ilohiyot (dinshunoslik) fakulteti Islomiy Bilimlar kafedrasi ilmiy xodimi islomshunos, filolog Sardorxon Jahongirov tomonidan boshqariladi.